Shveytsariya universitetlariga 2026 qabuli ochiq — ariza muddatlarini o'tkazib yubormang.
Birga tayyorlaylik
SwissUni
Bepul checklist

Hujjatlar ro'yxati.

Ariza, viza va kelgandan keyingi barcha bosqichlar — bitta ro'yxatda. PDF qilib yuklab oling va birma-bir belgilab boring.

Kanalga qo'shilish

Ariza hujjatlari (universitetga)

  • Attestat / diplom (notarial tarjima + apostil)
  • Baholar transkripti (rasmiy tarjima bilan)
  • Til sertifikati — IELTS / TOEFL yoki TestDaF / DELF (dasturga qarab)
  • Motivatsion xat (Statement of Purpose)
  • CV / Tarjimai hol (Yevropa formatida)
  • 2–3 ta tavsiyanoma (o'qituvchi yoki ish beruvchidan)
  • Pasport nusxasi
  • Ariza to'lovi to'langanligi haqida kvitansiya

Viza hujjatlari (Moskvadagi elchixonaga)

  • Universitetdan rasmiy qabul xati (asl nusxa)
  • To'ldirilgan D toifa viza arizasi (2 nusxa)
  • Amal qiladigan pasport (kamida 6 oy, 2 bo'sh sahifa)
  • Moliyaviy isbot — 1 kunlik bank ko'chirmasi (~21,000 CHF)
  • O'qish to'lovi to'langanligi haqida kvitansiya
  • Motivatsion xat — qaytib kelish niyati aniq ko'rsatilgan
  • Yashash joyi tasdiqnomasi (dorm yoki ijara shartnomasi)
  • 3 ta rasm (35×45 mm, oq fonda)
  • Sog'liq sug'urtasi (kelgandan keyin rasmiylashtiriladi)

Kelgandan keyin (Shveytsariyada)

  • 14 kun ichida kanton migratsiya idorasida ro'yxatdan o'tish
  • Bank hisobi ochish
  • Majburiy sog'liq sug'urtasini rasmiylashtirish (3 oy ichida)
  • Universitetda yakuniy ro'yxatdan o'tish (immatrikulyatsiya)

Ro'yxat bo'yicha savol bormi?

Qaysi hujjat aynan siz uchun kerakligini birga aniqlaymiz — Telegram orqali yozing.

Telegram'da yozish