Shveytsariya universitetlariga 2026 qabuli ochiq — ariza muddatlarini o'tkazib yubormang.
Birga tayyorlaylik
SwissUni
Stipendiyalar

Shveytsariyada o'qishni bepul qilish mumkin.

Shveytsariya har yili xalqaro talabalarga to'liq qoplaydigan stipendiyalar beradi. Eng mashhurlari va ularga qanday tayyorlanish — quyida.

Asosiy dasturlar

4 ta yo'nalish.

Eng kuchli stipendiyalar — O'zbek talabalar uchun mos variantlar.

Swiss Government Excellence Scholarships

SGES — davlat stipendiyasi

Kim uchun
Magistr/PhD talabalari, ilmiy-tadqiqotchilar
Nimani qoplaydi
Oylik stipendiya (~1,920 CHF), o'qish to'lovi, sog'liq sug'urtasi, yo'l xarajatlari
Muddat
Sentabr — dekabr (har yili)

O'zbekiston ham ro'yxatdagi mamlakatlar qatorida. Tanlov O'zbekiston Vazirlar Mahkamasi orqali o'tadi.

Rasmiy sahifa

ETH Excellence Scholarship & Opportunity Programme

ETH Zürich — magistr darajasi uchun

Kim uchun
ETH magistr dasturlariga qabul qilingan eng kuchli talabalar
Nimani qoplaydi
ESOP: yiliga ~12,000 CHF + o'qish to'lovi qoplanadi. EFS: yiliga ~12,000 CHF.
Muddat
15 dekabr (kuzgi semestr uchun)

Avtomatik ariza emas — ETH magistr arizasi davomida alohida belgi qo'yiladi.

Rasmiy sahifa

EPFL Excellence Fellowships

EPFL — magistr darajasi uchun

Kim uchun
EPFL magistr dasturlariga qabul qilingan kuchli talabalar
Nimani qoplaydi
Yiliga ~16,000 CHF (2 yil davomida)
Muddat
15 dekabr (kuzgi semestr uchun)

EPFL magistr arizasini topshirgan barcha avtomatik ko'rib chiqiladi.

Rasmiy sahifa

University va kanton stipendiyalari

Har bir universitet va kanton bo'yicha

Kim uchun
Bakalavr va magistr talabalari (cheklovlar har xil)
Nimani qoplaydi
O'qish to'lovi qisman/to'liq, ba'zan oylik stipendiya
Muddat
Universitetga qarab har xil

UZH, Bern, Basel, UNIGE — har biri o'z stipendiya dasturlariga ega. Universitet sahifasidagi 'Scholarships' bo'limini tekshiring.

Talablar

Nima talab qilinadi?

Dasturga qarab farq qiladi, lekin asosiylari quyidagilardan iborat. Birortasi yetishmasa — boshlanishidan oldin ustida ishlash kerak.

Akademik ko'rsatkichlar

Yuqori GPA (4.5+ / 5.0 tizimida yoki 80%+). Magistratura uchun bakalavrning yakuniy bahosi muhim.

Til sertifikatlari

IELTS 6.5–7.0 (ingliz tilidagi dasturlar uchun) yoki nemis tili B2/C1 (Goethe, TestDaF), frantsuz tili B2/C1 (DELF, DALF).

Tavsiyanomalar

2–3 ta professor yoki tadqiqot rahbaridan kelgan kuchli xat. Magistratura uchun ilmiy hamkorlik ko'rsatuvchi xatlar afzal.

Motivatsion xat va CV

Nima uchun aynan shu universitet va yo'nalish — aniq, shaxsiy, dalillangan. SGES uchun research proposal alohida talab qilinadi.

Vaqt rejasi

Bir yil oldindan boshlanadi.

Stipendiya hujjatlari deadline'i — universitet hujjatlaridan ham erta. Reja muhim.

  1. 01
    Mart — May

    Tadqiqot va tanlash

    Universitet va yo'nalishlarni tanlang. Stipendiya talablarini o'qing. Tilni mustahkamlang.

  2. 02
    Iyun — Avgust

    Hujjat tayyorlash

    IELTS/TestDaF topshiring. Tavsiyanomalar so'rang. Motivatsion xat va CV yozing.

  3. 03
    Sentabr — Dekabr

    Ariza topshirish

    SGES (sentabr-dekabr), ETH/EPFL stipendiyalari (15 dekabrgacha). Universitet arizasidan oldin yoki bilan birga.

  4. 04
    Yanvar — May

    Suhbat va natija

    Tanlovga o'tganlar uchun suhbat. Yakuniy natija aprel-may oylarida. Viza jarayoni boshlanadi.

Qaysi stipendiya sizga mos?

1 soatlik suhbatda profilingizga qarab eng mos 2–3 ta stipendiya taklif qilamiz va ariza yo'lini chizib beramiz.