Shveytsariya universitetlariga 2026 qabuli ochiq — ariza muddatlarini o'tkazib yubormang.
Birga tayyorlaylik
SwissUni
Barcha shaharlar
Nemis tili

Zürich

Tsyurix

Shveytsariyaning eng katta shahri. Texnika, ilm-fan va biznesning markazi.

Kanton Zürich
~440 000 kishi
1,800–2,400 CHF / oy

Haqida

Tsyurix — Shveytsariyaning iqtisodiy markazi, ko'l bo'yida joylashgan zamonaviy shahar. ETH va UZH shu yerda. Hayot qimmat, lekin imkoniyatlar ham ko'p. Talabalar ko'p, internalional vibe baland.

Uy-joy

Talaba uchun xona: 700–1,200 CHF/oy. WG (sharikli kvartira) — eng arzon variant. Universitet dorm'lari kam, navbat uzun — semestrning birinchi kunidan boshlab izlash kerak. WOKO, Justinushuser, ETH dorms — asosiy variantlar.

Transport

ZVV — Yevropadagi eng yaxshi jamoat transporti. Tram, avtobus, S-Bahn. Talaba abonementi yiliga ~600 CHF (25 yoshgacha). Velosipedchilar uchun ham qulay.

Til muhiti

Rasmiy nemis tili (Hochdeutsch), kundalik hayotda Schwiizerdütsch dialekti — boshida tushunish qiyin. Yoshlar va xizmat sohasida ingliz tili keng tarqalgan.

Iqlim

Qish: -3 dan +5 °C, qor bo'ladi. Yoz: 18–28 °C, namlik o'rtacha. Bahor va kuz yumshoq.

Nima qilish mumkin

  • Tsyurix ko'lida yozgi suzish (Seebad)
  • Uetliberg tepaligida sayr
  • Niederdorf ko'chasida kechqurun
  • Kunsthaus va Landesmuseum
  • Letten daryosida BBQ

O'zbek jamoasi

Kichik, lekin aktiv O'zbek talabalar guruhi mavjud. ETH va UZH'da har birida 20–40 nafar atrofida. Telegram orqali bog'lanish mumkin.

Foydali havola